OYROTLAR

OYROTLAR (moʻgʻulcha — birlik, ittifoqdosh, yaqinlik, qoʻshnichilik, oʻrmonzorda yashovchilar) — gʻarbiy moʻgʻullar tarkibiga kirgan choʻros, derbet, xoʻshout va targʻaut kabi 4 ulus, yaʼni qabilalar ittifoqining umumiy nomi. Oyrotlarni «derben oyrot» («toʻrt oyrot») deb ham atashgan. Turkiy xalqlar Oyrotlarni «qalmoq» deb atagan. Oyrotlarning umumiy soni haqida aniq maʼlumot yoʻq. Oyrotlar ilk bor 1204-y. ga oid manbalarda qayd etilib, Yenisey daryosining yuqori qismida yashagan. Keyinchalik (15-a.) Sharqiy Turkistonning shim. qismidagi (Jungʻoriya) yaylovlariga joylashgan. 17-a. boshlarigacha Oyrotlarga xoʻshoutlar sardori (tayji) yetakchilik qilgan, keyin ushbu lavozim tarkibida turklar koʻproq boʻlgan choʻros ulusi boshligʻi qoʻliga oʻtgan. Oyrotlarning hayoti chorvachilikka asoslangan, shu b-n birga ular ovchilik, dehkrnchilik, hunarmandchilik bilan ham shugʻullanadi. Oyrotlarning yozuvi qad. uygʻur yozuviga asoslangan. Dindorlari — Tibet budda dinidan, uning «sariq din» (xitoycha «xuangjyao») oqimiga eʼtiqod qiladi. Shu bois Tibetning markazi Lxasadagi ibodatxonani ziyorat qilish Oyrotlar uchun haj qilish b-n teng boʻlgan. Oyrotlar jamiyatida mavjud boʻlgan qoidalar Chingizxon davridagi qonunlar asosida bitilgan. «Oyrotmoʻgʻul tuzugi»ga asoslangan.

Manjurlar tomonidan Xitoyda tash-kil etilgan Sin (Chin) imperiyasi (1644—1911)ning Oyrotlar davlatini tugatishi (q. Oyrot xonligi), O. uchun katta fojia boʻlgan. Oyrotlar yarim asr mobaynida xitoyliklarga qarshilik koʻrsatib nafaqat davlat tuzumidan, balki 600 ming kishidan iborat aholisining 5/6 qismidan ajralgan. Oyrotlarning tirik qolgan qismi Sharqiy Turkiston, Moʻgʻuliston va Xitoyning gʻarbiy oʻlkalariga tarqatib yuborilgan.

Abdulahad Xoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x