OY

OY (vaqt) — Oyning Yer atrofida bir marta aylanishi davriga yaqin vaqt oraligʻi; oʻlchov birligi. Quyidagi turlari farq qilinadi:

1) sinodik Oy — Oyning ketma-ket kelgan ikki bir xil fazasi orasidagi (O. kalendariga asos qilib olingan) vaqt, 29 kun 12 soat 44 min. 2,28 sek. ;

2) siderik Oy — Oyning yulduzlarga nisbatan ikki ketma-ket kelgan bir xil vaziyati ora-sida oʻtgan vaqt, 27 kun 7 soat 43 min. 11,51 sek. ;

3) tropik Oy — Oyning bir xil astronomik uzunlamalardan utishi orasida oʻtgan vaqt, 27 kun 7 soat 43 min. 4,68 sek. ;

4) anomalistik Oy — Oyning perigeydan ikki marta ketma-ket oʻtishi orasidagi vaqt, 27 kun 13 soat 18 min 33,16 sek;

5) ajdar O. — Oyning koʻtarilish tugunidan ikki marta ketma-ket oʻtishi orasidagi vaqt, 27 kun 5 soat 5 min. 35,81 sek. Grigoriy kalendarika bir yil 12 oyga boʻlinadi; bunda Oylar 28 (29), 30, 31 kundan iborat boʻladi. Quyosh kalendaridagi (q. Kalendar) kalendar O. Oy fazalariga bogʻliq boʻlmaydi. Kalendar Oy uzunligi ham 28—31 kunga teng boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x