Oxunjon Madaliyev — Yig’ladim

Yurakning bir bandi uzilgan kecha,
Asrlar singari cho’zilgan kecha, (x2)
Chimildiq ichida sening o’rningda
O’zga bir kelinchak suzilgan kecha,
Yig’ladim, yig’ladim, yig’ladim
Yig’ladim, yig’ladim, yig’ladim.

Taqdirmu boshimda o’ynagan qamchi,
Sochingmu armonim uchgan arg’amchi,
Chorlagandek bo’lar kimdur olisdan
Nahotki, senmusan o’shal aldamchi,
Bilmadim, bilmadim, bilmadim
Bilmadim, bilmadim, bilmadim.

Boshimni bog’lashdi, bog’landim, jonim,
Qalbimni dog’lashdi, dog’landim, jonim,
Sening huzuringa bormoqchi bo’lib
Necha bor chog’landim, chog’landim, jonim,
Bormadim, bormadim, bormadim
Bormadim, bormadim, bormadim
Bormadim, bormadim, bormadim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x