OVQATLANISH GIGIYENASI

OVQATLANISH GIGIYENASI — gigiyenaning bir tarmogʻi, sogʻlom odamning toʻfi va bekamu koʻst ovqatlanish muam-molarini oʻrganadigan fan. Uning mustaqil boʻlimi — diyetologiya bemorlar ovqatini oʻrganadi va parhez ovqatlar tarkibini ishlab chiqadi. Goʻdaklnk davridagi ovqatlanishni oʻrganish ham Ovqatlanish gigiyenasining mustaqil boʻlimidir. Ovqatlanish gigiyenasi odamning ovqatlanishini jins, yosh, kasb, mehnat xarakteri, jismoniy zoʻriqish, iklim sharoiti, milliy va b. xususiyatlari, turli hududlardagi aholi ovqatining mikdori va sifat tomonlariga bogʻlab oʻrganadi va kishilarning meh-nat sharoitiga qarab oziq moddalarga ehtiyojini belgilab beradi.

I. ch. korxonalarining jamoalari, maktablardagi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar va b. muassasalarning bolalar jamoalari uchun ratsional ovqat ishlab chiqish, umumiy ovqatlanish va ovqat sanoati korxonalarida oziq-ovqat masalliklarini zararli moddalar qoʻshilishidan saklashga doir taʼsirli sanitariya nazorati usullarini ishlab chiqish, ovqatdan boʻladigan toksikoin-feksiyalar va intoksikatsiyalarttg ol-dini olish tadbirlarini ishlab chiqish, ovqat sanoati, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini loyihalash, qurish va ishga tushirishni profilaktik sanitariya nazoratiga olish, yangi sanoat tovarlarining vaqtincha texnika shartlari va davlat andozasiga mos ishlab chiqishda qatnashish Ovqatlanish gigiyenasining amaliy vazifalaridir.

Ovqatlanish gigiyenasi oʻz tadqiqotlarida kimyo, mikrobiologiya, fiziologiya, stomatologiya, iklimshunoslik va b. fanlarning ilmiy maʼlumotlariga tayanadi.

OʻzRda Ovqatlanish gigiyenasi sohasidagi i. t. larni respublika diyetologiya markazi, ToshTIning ovqatlanish gigiyenasi kafedralari, shuningdek, sanitariya-gigiyena i. t. instituti, lab. lari va boʻlimlari, don, goʻsht va sut, konserva va sabzavot quritish, konditer sanoati va b. ning nazorat tarmoklari olib boradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x