OVNATANYAN

OVNATANYAN — 17-19-a. larda yashab oʻtgan arman rassomlari sulolasi. Sulola boshligʻi Ovnatan Nagash (1661 — 1722) — rangtasvir ustasi; Echmiadzindagi ibodatxona devoriy rasmlarining muallifi. Oʻgʻillari Akop (1692-?) va Aru-Aruton (1706/07-?) O. qoʻlyozma kitoblariga miniatyu-ralar ishlashgan, otalari bilan ibodatxona devoriy rasmlarini yaratishda ishtiroketishgan. Akopningoʻgʻli Ovnatan Ovnatanyan (1730—1801, Tbilisi) gruzin podshosi Irakliy II ning saroy rassomi boʻlgan, shogirdlari bilan Ech-miadzindagi ibodatxona uchun yangi devoriy rasmlar ishlagan hamda Injildan olingan mavzularda asarlar yaratgan (1782—86); uning oʻgʻli Mkrtum Ovnatanyan (Avnatamov, 1779 — Tbilisi — 1845) rangtasvirchi boʻlib, cherkov uchun rasmlar ishlagan, arman podsho va xarbiy sarkardalari portretlarini ishlagan («Shoh Trdat», 1836; Armaniston kartinalar galereyasida); Akop Ovnatanyan (Yakov Avnatamov, 1806, Tbilisi — 1881, Eron) — rangtasvir ustasi, arman tasviriy sanʼatida portret janrining asoschilaridan; tasviriy sanʼat asoslarini otasidan oʻrgangan. Uning portretlari (N. Teumyan, Ye. Gurgenbekyan va b.)da arman sanʼatiga xos xususiyatlar — tasvirlanuvchining tinch, qotib qolgan holatida koʻrsatish, mayda detallarga eʼtibor bergan holda ularni aniq tasvirlash, asar fakturasining emaldek silliq va yaltiroq darajada ishlanishida bilinsa, oʻziga xos to-monlari nozik ruhiy kechinmalarni shoirona ifodali tasvirlanishi, rang tizimining sipo va birmuncha oddiyligida ifodalanadi. Agafon ©. (Avnatamov, 1818, Tbilisi — 1893, Peterburg) — Mkrtum Ovnatanyanning oʻgʻli, Peterburg BAda oʻqigan (1836—43) va shu yerda ishlagan; Akop Ovnatanyan portretlaridan litografik ishlar, chopqir otlarga bagʻishlangan kompozitsiyalar yaratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x