OTASHKADA

OTASHKADAzardushtiylik dini ibodatxonasi. Gushtaspnchig farmoni bilan kurila boshlangan. Otashkadalar turli tabiiy ofatlardan muhofaza qilish maq-sadida balandlikka, tepa ustiga yoki xarsang toshlardan yasalgan 3—4 m lik tagkursilar ustiga kurilgan. Dastlab Otashkada diniy marosim va ibodatlarni bajarish maskani boʻlgan. Asta-sekin Otashkadaning vazifalari oʻzgara borib, sosoniylar davrida jamoa yigʻinlari va b. tadbirlar oʻtkaziladigan joyga aylangan. Barcha xarajatlar podsholik tomonidan Otashkadaga vaqf qilingan yer, chorva, bogʻ-rogʻlardan olinadigan daromadlar hisobiga qoplangan; O. lar bir necha hujra, tolor (zal)lardan iborat boʻlgan. Bino oldida doim olov yonib tu-radigan Otashkada maydoni bunyod etilgan. Is-fahon, Yazd, Koma (Hindiston) sh. larida eng qad. Otashkada larning xarobalari mav-jud. Otashkada larda 7 xil musiqa asbobi joʻrli-gida Goxlarni yodlattiradigan maxsus goʻshalar boʻlgan. Otashkadalar diniy udum va marosimlarni oʻtkazadigan manzil boʻlish bilan birga maʼnaviy, maʼrifiy ishlar markazi hisoblangan.

Hamidjon Homidov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x