OTANIYOZOV

OTANIYOZOV Komiljon (1917.20.7, Shovot tumani Boʻyrachi qishlogʻi — 1975.5.11, Toshkent; oʻz qishlogʻiga dafn etilgan) — xonanda, sozanda (tor), aktyor va bastakor. Oʻzbekiston (1949), Turkmaniston (1964), Qoraqalpogʻiston (1968) xalq artisti. Nihoyatda jozibali va kuchli ovoz sohibi boʻlib, har bir asar talqinida badiiy yetuklikka erishgan. Doston yoʻllarini Bola baxshi Abdullayevdan, Xorazm maqom ashula yoʻllarini Matpano Xudoyberganovdan oʻrgangan. Toshkentdagi Hamza nomidagi musiqa bilim yurtini tugatgan (1955), Toshkent konservatoriyasida taʼlim olgan (1955—56). Xorazm teatrlarida xonanda va aktyor sifatida ishlab (1936—52), Farhod («Farhod va Shirin»), Tohir, Parfi hofiz («Tohir va Zuhra»), Qodir («Gulsara»), Davron Ota («Davron Ota») kabi obrazlar yaratgan. O. Xorazm viloyat teatrida ashula va raqs ansambli tuzib (1949), konsertlar uyushtirgan. 1957—75 y. larda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda, 1957-y. da filarmoniya qoshida Xorazm ashula va raqs ansambli (hoz. «Lazgi», 1957—59 va 1963—68 y. larda badiiy rahbari), 1967-y. da Turkmanistonning Toshhovuz viloyati teatrida xalq ansambli, 1973 — 74 y. lar Shovot tumanida «Feruz» ansamblini tashkil etdi.

Otaniyozov 30-y. lardan murakkab xalq ashulalarini, dostonlardan qoʻshiqlar ayta boshlagan. Xorazm su vora va makrmlari Otaniyozov ijrochilik faoliyatining yuqori bosqichi boʻldi. O. Xorazm doston (qoʻshiqnoma)lari asosida yangicha us-lub yaratgan. Bastakor sifatida bu uslubda ijod qilgan «Salom, senga Xo-razmdan», «Muborak», «Vatan», «Ol-qish», «Temir yoʻl», «Oʻzbekiston», «Xorazm» kabi qoʻshiklari oʻzining ommabopligi va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Otaniyozov Stepanov bilan hamkorlikda «Aziz va Sanam», «Oshiq Gʻarib», S. Hayitboyev bilan «Soʻnggi xon» kabi mu-siqali dramalar yaratdi. Osiyo mamla-katlarida gastrolda boʻlgan.

As: Uchirdim shunqor qushimni, T., 1987.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x