FENOLYATLAR

FENOLYATLARfenol molekulasining gidroksil guruhidagi vodorod atomi metall atomiga almashingan mahsulotlar. Umumiy formulasi (RO)n Me (bu yerda R — aril radikali, pmetallning oksidlanish darajasi). Ishqoriy va ishqoriyer metallarning hosilalari ion bogʻlanishli birikmalar boʻlib, gidrolizga uchramasdan suvda eriydi, organik erituvchilarda erimaydi, uchmaydi. Fenolyatlar suv, fenol va ishqoriyer metallar gidroksidlari bilan adduktlar hosil qiladi. Koʻp valentli metallarning Fenolyatlari kimyoviy xossalariga koʻra tegishli alkogolyatorlarga juda yaqin turadi. Koʻp atomli fenollarning Fenolyatlari yoki nitro, amino va b. aralash funksiyali fenollarning Fenolyatlari ichki kompleks birikmalardir. Fenolyatlar fenollarga gidroksidlar (reaksiya suvli eritmada olib boriladi) yoki metall galogenidlar, alkogolyatlar, karboksilatlar, sulfidlar taʼsir ettirish yoʻli bilan olinadi (suvsiz muhitda). Aromatik oksikislotalar i. ch. da, polimerlanish katalizatorlari sifatida, organik sintezlarda qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x