OTAJON HOSHIM

OTAJON HOSHIM (taxallusi; asl ism-sharifi Hoshimov Otajon) (1905— Toshkent — 1938.4.10) — adabiyotshunos, jamoat arbobi. Rus-tuzem maktabida, soʻngra oʻqituvchilar tayyorlash bilim yurtida oʻqigan (1919—21). Iqtidorli oʻquvchi sifatida Moskvadagi Buxarin nomidagi ishchilar f-tiga oʻqishga yuborilgan (1922). Uni tugatgan O. H. Kizil professorlar in-tining tayyorlov boʻlimiga qabul qilingan (1923). Otajon Hoshim mazkur in-tda oʻqib yurgan kezlarida (1924—27) oʻzbek drama studiyasi tinglovchilariga dare bergan. Sogʻligʻi yomonlash-gani bois in-tni tugatmay, ona vataniga qaytgan Otajon Hoshim oʻzbek yozuvchilarining birinchi adabiy uyushmasi — «Qizil qalam» tashkilotiga rah-barlik qiladi (1926—29) va shu davr adabiy hayotida muhim voqea boʻlgan «Kizil qalam» majmualarini nashr etadi (1-kitob, 1928; 2-kitob, 1929). Oʻsha kezlarda Maorif xalq komissarligi huzuridagi ilmiy kengashga rais etib tayinlanadi. Otajon Hoshim tashabbusi bilan 1927 yanv. da Samarqandda Oliy pedagogika in-ti (hoz. Samarkand davlat un-ti) tashkil etiladi. Oʻzbekistonda «burjua millatchilari»ga qarshi kurash kampaniyasi boshlanganda, respublika rahbariyati Otajon Hoshimni Leningraddagi SSSR FA Sharqshunoslik intining aspiranturasiga oʻqishga yuboradi (1929). Aspiranturani tugat-ganidan soʻng in-tning ilmiy kotibi qilib olib qolinadi. 1933-y. dekabrida O. H. Toshkentga chaqirib olinib, Til va adabiyot i. t. institutiga direktor etib tayinlanadi. Shuningdek, u Yozuvchilar uyushmasi tanqid va adabiyotshunoslik shoʻbasi raisi (1934-y. dan), yangi tashkil etilgan Fanlar komiteti raisi oʻrinbosari (1937-y. dan) sifatida ham qizgʻin ilmiytashkiliy faoliyat bilan shugʻullanadi. Shu vaqtda olimning tashabbusi bilan xalq ogʻzaki ijodi namunalari («Oʻzbek folkloridan namunalar», 2 jildli; «Oʻzbek xalk, ertaklari», «Alpomish», «Malikai ayyor» va b.), oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotiga bagʻishlangan ilmiy asarlar, bir kancha terminolo-gik lugʻatlar nashr etiladi. Otajon Hoshimning adabiyotshunos va jamoat arbobi sifatida faoliyati ayni qizigan bir vaqtda — 1937-y. 2 avg. da u «xalq dushmani» sifatida qamoqqa olinadi va koʻp oʻtmay Toshkentda otib tashlanadi.

Naim Karimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x