OTABOYEV Qaygʻisiz Sardorovich

OTABOYEV Qaygʻisiz Sardorovich (1887, Zakaspiy viloyati Tajan uyezdi — 1937, Moskva) — davlat va jamoat arbobi. Turkiston ASSR Xalq komissarlari Soveti raisi (1920—22). Toshkentdagi oʻqituvchilar seminariyasini tugatgan. 1917-y. gacha Mari sh. da oʻqituvchi, bank xodimi boʻlib ishlagan. Marv Soveti ijroiya komiteti raisi oʻrinbosari va raisi (1917-19). 1920-y. da O. Toshkentga chaqirildi va Turkiston ASSR hukumati raisligiga tayinlandi. U shoʻrolar davrida «bosmachilik» nomini olgan harakat aslida Turkiston xalklarining milliy ozodlik qarakati ekanligini tushunib yetgan va uni harbiy kuch bilan bostirishga qarshi chiq-qan. Samarqand viloyatida kizil armi-yaga qarshi kurashayotgan Bahrombek qoʻrboshi bilan teng asoslarda tinchlik shartnomasini imzolagani va uni qamoqqa olmaganligi sababli lavozimidan boʻshatildi va «qayta tarbiyalanish» uchun Moskvaga yuborildi (1922). 1923-y. yozida BXSR Nozirlar Shoʻrosi raisining 1-oʻrinbosari. Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilgach, Turkmaniston SSR XKSning 1-raisi (1925-y. fev.).

O. Moskvada qamoqqa olingan (1937-y. 11 iyun) va «xalq dushmani» sifatida otib tashlangan. Keyinchalik oklangan. Ashxobodda haykali oʻrnatilgan (1967).

Ad.: Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2-kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Oʻzbegim, T., 1992.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x