Otabek Mutalxo’jaev — Dilingman

Dilimdagi so’zlarim,
Xayol surgan kezlarim,
Aytib tursa ko’zlarim,
Tinglar yorni toparman.

Bordir meni degan yor,
Jonu-dildan sevgan yor,
Qalbim tanho unga zor,
U dildorni toparman.

Diling, dilingman,
Zoring, zoringman.
Diling, dilingman,
Yolg’iz yoringman.

Dili, dili, dilingman,
Holsiz zoringman.
Dili, dili, dilingman,
Yolg’iz yoringman.

Dilimdagi so’zlarim,
Xayol surgan kezlarim,
Aytib tursa ko’zlarim,
Tinglar yorni toparman.

Sho’x jilmayar yulduzlar,
Kular zebo gul yuzlar,
O’tadi qishu kuzlar,
Men bahorni toparman.

Diling, dilingman,
Zoring, zoringman.
Diling, dilingman,
Yoring, yoringman.

Dili, dili, dilingman,
Holsiz zoringman.
Dili, dili, dilingman,
Yolg’iz yoringman.

Dilimdagi so’zlarim,
Xayol surgan kezlarim,
Aytib tursa ko’zlarim,
Tinglar yorni toparman.

Bordir meni degan yor,
Jonu-dildan sevgan yor,
Qalbim tanho unga zor,
U dildorni toparman.

Diling, dilingman,
Zoring, zoringman.
Diling, dilingman,
Yolg’iz yoringman.

Dili, dili, dilingman,
Holsiz zoringman.
Dili, dili, dilingman,
Yolg’iz yoringman.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x