ORTIT

ORTIT (yun. orthok — toʻgʻri) — silikatlar sinfiga mansub mineral. Monoklin singoniyali. Qattikligi 5,5—6; zichligi 4100 kg/m3. Rangi qoʻngir, qora, sargʻish-qoʻngʻir. Shishasimon yaltiroq. Kristall shakllari kalin prizmatik ustunsimon, baʼzan nayzasimon. Koʻproq xol-xol donalar, baʼzan yaxlit massalar holida boʻladi. Radioaktiv. Oʻzbekistonda granit, granit-pegmatit, siyenit tarkibida aksessor mineral sifatida, nordon intruziv va effuziv jinslarda mavjud. Ortit togʻ jinslarining yoshini aniklashda, siyrak yer elementlari (seriy, ittriy va b.)ni olishda qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi. Sinonimlari: allanit, uralortit, bodenit (eskirganlari: muromonit, trinorit).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x