ORNITOZ

ORNITOZ (yun. ornis, ornithos — qush) , psittakozodam va parrandalarda uchraydigan yuqumli kasallik, vi-russimon qoʻzgʻatuvchilar — Chlamidia psittaci xlamidiyalari qoʻzgʻatadi. Ornitoz isit-ma xamda interstitsial pnevmoniya tar-zida oʻtadi. Kasal parrandalar (toʻti, kaptar, oʻrdak, gʻoz, chumchuq, tovuq va b.)dan odam va chorva mollariga yukadi. Ornitoz kaptar koʻp boqiladigan joylarda ayniqsa keng tarqalgan. Ornitoz oʻtkir va surunkali boʻladi. Kasallik 8—9 kun davom etadi, odatda, 30%cha parranda nobud boʻladi.

Kasallik parrandachilik xoʻjaliklari, hayvonot bogʻlari va parranda ma-gazinlarida ishlaydigan kishilarga yuqishi mumkin. Kasallik odamlarda toʻsatdan boshlanadi. Bemorningdarmoni quriydi, boshi ogʻriydi, uyqusizlik roʻy beradi, harorati koʻtariladi, 18—20 kun isitmalaydi.

Oldini olish: veterinariya-sanitariya tadbirlari; kasallangan parrandalarni soʻyish; shaxsiy gigiyena qoidalariga, parrandachilik xoʻjaliklarida sanitariya rejimiga rioya qilish.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x