ORIFOV Ubay Orifovich

ORIFOV Ubay Orifovich (1905.15.6, Qoʻqon — 1976.24.12, Toshkent) — fizik olim, davlat va jamoat arbobi. Oʻzbekiston FA akad. (1956), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959). Fizikamat, fanlari dri (1954), prof. (1956). Oʻzbekiston ped. akademiyasini tugatgan (1931). Qoʻqon paxtachilik in-tida (1932—34), OʻzDU da (1935—41) ishlagan. Oʻzbekiston FA Fizika-texnika in-ti (1945-56, 1963-67), Yadro fizikasi in-ti direktori (195662, 1967-69), Oʻzbekiston FA prezidenti (1962 — 66), Oʻzbekiston FA Elektronika in-ti direktori (1966—76). Orifovning asosiy ilmiy ishlari fizik elektronika, yadroviy va radiatsion fizika, gelioenergetika, paxta xom ashyosiga dastlabki ishlov berish masalalariga bagishlangan. Orifov tomonidan fanda hali nomaʼlum boʻlgan hodisalar: qattiq jismga atom zarralari taʼsir etganda roʻy beruvchi koʻplab murakkab jarayonlar, ikkilamchi ionlar va elektronlarning har xil guruxlarini topish va ajratish, qattiq jismlar sirtining xossalarini oʻzgartirish usullari aniklangan va shu asosda elektron texnika, mikroelektronika va mashi-nasozlik materiallariga ishlov berish usullari yaratilgan. U paxtachilik va paxta sanoatining taraqqiyotiga hamda xalq xoʻjaligida quyosh energiyasidan foydalanish muammolariga katta eʼti-bor berdi. Orifov rahbarligidagi tadqiqotlar natijasida urugʻlik va texnik chi-gitni toʻla tuksizlantirish, ularni saralash va tozalash muammolari hal etildi, quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish va geliotexnik qurilmalar yaratish boʻyicha ishlar amalga oshiriddi. Orifov tashabbusi bilan 1965-y. dan boshlab Toshkentda «Geliotexnika» xalqaro jur. nashr etila boshlandi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1968). Oʻzbekiston FA Elektronika intiga va Toshkent sh. ning Yunusobod tumanidagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan.

As: Vzaimodeystviye atomnыx chastis s poverxnostyu metalla, T., 1961; Vzaimodeystviye atomnыx chastis s poverxnostyu tverdogo tela, M, 1968.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x