ORGANOIDLAR

ORGANOIDLAR (yun. organon — organ va eidos — koʻrinish, qiyofa) — hujayraning hayot faoliyati davomida uning maxsus funksiyasining bajarilishini taʼminlovchi doimiy tarkibiy qismlari, yaʼni hujayra organlari. Eukariot hujayralarda xromosomalar, mitoxondriylar, Golji kompleksi, endoplazmatik toʻr, ribosomalar, mikronaychalar, mizosomalar, hayvon qujayralarida sentriollar, mikrofibrillar, oʻsimliklarda plastidalar O. deyiladi. Prokariot hujayralarda koʻpchilik Organoidlar boʻlmaydi. Bir xujayralilarning maxsus strukturaviy elementlari, mas, harakatlanish funksiyasini bajaruvchi xivchinlari va kipriklari, ovqat hazm qilish va ayirish vazifasini bajaruvchi vakuollari organellalar deyiladi. Kupincha «Organoidlar» va «organellalar» terminlari sinonim sifatida qoʻllanadi.

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x