ORGANOGEN TOGʻ JINSLARI

ORGANOGEN TOGʻ JINSLARI (yun. organon — organik va…genez) , biogen togʻ jinslari — organik qoldiqlardan yoki organizmlarning faoliyati natijasida hosil boʻlgan minerallardan tashkil toptan choʻkindi togʻ jinslari. Tarkibiga koʻra, karbonatli, kremniyli, baʼzi fosfatli jinslarga, shuningdek, koʻmirga boʻlinadi. Karbonatl i O. t. j. foraminifera, marjon, mshanka, braxiopoda, mollyuskalar va b. organizmlarning chigʻanoklari, suvoʻtlardan tarkib topgan. Ularga ohaktosh, boʻr va b. kiradi. Kremniyli Organogen togʻ jinslari diatomit, spongolit, radiolyarit (kremniyli jinslar), kokkolitoforid va b. dan iborat. Fosfatli Organogen togʻ jinslari kam uchraydi, ularning tarkibiga turli davrlarda yigʻilgan silur braxiopodalari, guano va b. kiradi. Koʻmirli Organogen togʻ jinslari tarkibiga turli sifatli kumir, yonuvchi slaneslar kiradi; bu guruhtogʻ jinslarining hajmi Yer poʻstidagi karbonatlarga nisbatan juda kam. Neft va qattiq bitumlar O. t. j. ning alohida guruhini tashkil qilgan, fitoplankton ularni hosil qiluvchi asosiy material boʻlgan. Organogen togʻ jinslari qatlamlarining qalinligi 5—10 sm dan bir necha 100 m gacha. Tarkibiga karab rangi har xil, koʻproq och kulrang va oq. Organogen togʻ jinslari paleozoy, mezozoy, kaynozoy davrlari choʻkindi jinslari orasida uchraydi. Oʻzbekistonda bu jinslar qoʻrgʻoshin, rux, ohaktoshlar, kumir, neft va gaz konlarida mavjud.

Ad.: Logvinenko N. V., Petrografiya osadochnыx porod, M., 1984.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x