OQTEPASOY

OQTEPASOYSamarqand va Navoiy viloyatlaridagi soy. Nurota tizmasining jan. yon bagʻridan boshlanadi. Uz. 60 km, havzasining mayd. 715 km2. Yuqori oqimida Shagʻalsoy nomi bilan jan.-sharqqa, soʻngra jan.-gʻarbga oqadi. Oʻrta oqimida Pangatsoy bilan qoʻshilib Qoʻshrabotsoyni, Gʻujumsoy bilan qoʻshilib Oqtepasoyni hosil qiladi. Oqtepasoy Ishtixon tumani hududida Oqsaryoga quyiladi. Vodiysida tor daralar, tik qoyali yon bagʻirlar, koʻhna qayirlar uchraydi. Vo-diysining kengligi bir necha yuz metrdan 2 km gacha.

Soy, asosan, mavsumiy qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,15 m3/sek., oqim moduli 1,6 l/sek, km2. Yoz va kuzda suvi keskin kamayib ketadi. Oqtepasoyning 60 dan ortiq (umumiy uz. 150 km) irmoqlari bor. Yiriklari: Pangatsoy, Qizilolmasoy, Shovvasoy, Gʻujumsoy va b. Soy vodiysida kamyob hayvonlar (arxar, kaklik, qobon va b.) va oʻsimliklar uchraydi. Soydan Navoiy viloyatining Nurota, Samarqand viloyatining Ishtixon tumanlari xoʻjaliklari sugʻoriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x