Oqtepa maydoni


Post Views:
251

OQTEPA MAYDONI – Chilonzor va Shayxontohur tumanlari hududidagi Lutfiy, Muqimiy, Baynalmilal, Gulxaniy, Yesenin, Bog‘iston va Samarqand Darvozasi ko‘chalari tutashgan chorrahada joylashgan. Maydon o‘rtasidan Oqtepa kanali o‘tgan. Chilonzor Oqtepasi nomidan kelib chiqqan holda shu nom bilan yuritiladi. Hududdagi transport tugunini yechish va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 1954–55 yillarda Oqtepa kanali ustiga ko‘prik qurilgan. Joy atrofida olib borilgan keng qamrovli qurilishlar tufayli Oqtepa maydoni 1963 yilda tashkil topgan. Mustaqillik yillarida maydonda obodonlashtirish va ko‘kamlamzorlashtirish ishlari olib borilgan. Maydon atrofida Chilonzor tumaniga qarashli «Oqtepa», Lutfiy, «3-Charx Kamolon», Shayxontohur tumaniga qarashli «Cho‘ponota» va Olim Xo‘jayev mahallalari, savdo majmualari va shoxobchalari, avtobus, tramvay va marshrutli taksi bekatlari, dorixona, tashqi reklama vositalari, ko‘p qavatli turar joy binolari, ma’muriy binolar, go‘zallik salonlari, oziq-ovqat do‘konlari hamda turli servis xizmatlari joylashgan. Yaqinida Chilonzor 7-mavzesi, «Mikrokreditbank», «Navro‘z» FM radiostansiyasi, Pedagogika kasb-hunar kolleji, Avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji, Kimyo-texnologiya instituti litseyi, madaniyat uyi, maktab va bog‘chalar joylashgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/oqtepa-maydoni-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x