Oqtepa dahasi


Post Views:
30

OQTEPA DAHASI – Shayxontohur tumanida, Quyi Bo‘zsuv kanali irmog‘i, Kamolon, Beshyog‘och dahalari va Ulug‘bek ko‘chasi oralig‘ida. Oqtepa kanali dahani Chilonzor tumanidan ajratib turadi. Tarixiy Chilonzor Oqtepasi atamasidan kelib chiqib mazkur nom bilan yuritiladi. Oqtepa dahasi hududining katta qismini, asosan, 2 qavatli hamda yakka tartibdagi uylar egallaydi. 1982–83 yillarda Toshkent shahrini rekonstruksiya qilish va obod qilish davlat loyihalash instituti loyihasi asosida dahada 2 ta 9 qavatli, 29 ta 4 qavatli uy-joylar qurilgan. Dahada tarixiy ahamiyatdagi tepalik, 3 maktab, 4 bolalar bog‘chasi, «Oqtepa» sanoat-savdo jamoa korxonasi, «San’atkor» kafe-to‘yxonasi, Toshkent shahri Ichki ishlar boshqarmasining Shayxontohur bo‘limi, kollej, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish tashkilotlari va boshqalar bor.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/oqtepa-dahasi-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x