OQQOVUN

OQQOVUN, Oq qovun — 557 – oʻrtapishar, serhosil nav. Shakli choʻziq — tuxumsimon, yirik, uz. 30—35 sm, yaxshi parvarish qilinsa 50—60 sm gacha yetadi, 6—10 kg. Sirti bir oz gʻadirbudur, yirik toʻrli. Tusi koʻkish-oq. Poʻsti qattiq. Etining qalinligi oʻrtacha —5—6 sm, oq, sershira, qumoq-yumshok. karsildoq. xushboʻy. Tarkibida 6,27 – – 10% qand, shu jumladan, 5,3—6,5% saxaroza, 11,6—14,0% quruq modda bor.

Urugʻxonasi oʻrtacha, urugʻi yirik. Urugʻi unib chiqqach, 85—100 kundan keyin pishib yetiladi. Boʻz tuproqli yerlarda, ayniqsa yaxshi hosil beradi. Hosildorligi 250—380 s/ga. Uzoqjoylarga yuborishga, qoqi qilishga yaroqli. Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi uchun r-nlashtirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x