OQQOʻRGʻON TUMANI

OQQOʻRGʻON TUMANIToshkent viloyatidat tuman. 1935-y. 28-iyuldatashkil qilingan. Shim. va shim.-gʻarbda Quyi Chirchiq tumani, gʻarb va jan.gʻarbda Sirdaryo viloyati, shim.-sharqda Oʻrta Chirchiq tumani, jan. va jan.sharqda Boʻka tumani, sharqda Piskent tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,40 ming km2. Aholisi 86,8 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Oqqoʻrgʻon), 1 shaharcha (Alimkent), 10 qishloq fuqarolari yi-gʻini (Achchi, Doʻstlik, Zarbdor, Zafar, Oytamgʻali, Oqqoʻrgʻon, Toshtoʻgʻon, Shohruxiya, Eltamgʻali, Erkinlik) bor. Tuman markazi — Oqqoʻrgʻon sh.

Tabiati. Tuman hududi Sirdaryo va uning irmogʻi Ohangaron daryosi vodiysida joylashgan. Jan.-gʻarbidan Sirdaryo, shim.-gʻarbidan Ohangaron va uning irmoklari (Qorasuv va b.) oqib oʻtadi. Sirdaryo boʻylaridagi botqoklashgan yerlar quritilib, ekinzorga aylantirilgan. Sirdaryodan sharqqa tomon yer yuzasi balandlasha boradi. Daryolar koʻhna qayir (terrasa)lar va jarliklar hosil qilgan. Oʻrtacha bal. 320 m. Shim.-gʻarbiy tomoni ochiq boʻlganidan Arktika havo massasi bemalol kirib keladi va qishda t-ra pasayib ketadi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —3,7°, eng past t-ra —33°, iyulniki 26,5°, eng yuqori t-ra 42°. Yillik yogʻin 256 mm. Vegetatsiya davri 200 —212 kun. Tuprogʻi yer osti suvi yuza boʻlganidan kam chirindili allyuvial oʻtloqi tuproq. Ohangaron sohilida (1 —2% chirindi) boʻz tup-roquchraydi. Yovvoyi oʻsimliklardan tu-rangʻil, terak, jiyda, tol, qamish, yan-toq, oqquray, tuyakori n va b. oʻsadi. Sirdaryo va Ohangaron qayirlarida, Xonariq boʻylarida toʻqay mushugi, quyon, tulki, chiyaboʻri, yumronqoziq, oʻrdak, gʻoz, qirgʻovul, suv kalamushi, sichqon, chumchuq, loyxoʻrak, baqa, suvilon va b. yashaydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar (80,9%), shuningdek, qozoq (8,3%), rus (2,8%), tatar (1,09%), tojik (1,6%) koreys (1,4%), ukrain, nemis, qirgʻiz, uygʻur, ozar-bayjon, belorus, turkman, yahudiy va b. millat vakillari (3,1%) ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1km2 ga 217 kishi.

Xoʻjaligi. Tumanda oʻndan ortiq korxona mavjud. Yirik korxonalari: Alimkent va Oqqoʻrgʻon paxta tozalash z-dlari, «Maftuna», «Oqqoʻrgʻon MTP» aksiyadorlik jamiyati. Xususiy firmalar, 46-avtokorxona ishlab turibdi. Paxta yogʻi, trikotaj va tikuvchilik buyumlari, oziq-ovqat, sut mahsulotlari ishlab chiqariladi. 6 qurilish tashkiloti bor. Tuman kompleks rivojlangan q. x. ga ega. 13 shirkat xoʻjaligi va 5 xususiylashtirilgan chorvachilik fermasi mavjud. Q. x. ning yetakchi tar-mogʻi — paxtachilik; gʻalla, sabzavot va poliz, beda, ozuqa ekinlari ham ekiladi. Uzum va meva yetishtiriladi. Tuman xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda, ipak qurti boqiladi.

Oqqoʻrgʻon tumanida 49 umumiy taʼlim maktabi, 1 kasb-hunar kolleji, maxsus internat maktabi, markaziy kutubxona va uning 38 ta tarmogʻi (287 mingdan ziyod kitob), 15 klub, muzey, Mangulik qoʻrgʻoni bor. 2 stadion, tennis korti, 2 suzish havzasi, 184 sport maydoncha-si faoliyat koʻrsatadi. 78 jismoniy tarbiya va sport muassasalarida 20 mingdan ziyod kishi sport va jismoniy tarbiya bilan shugʻullanadi. 2 kasalxona, 25 feldsher-akusherlik punkti, 2 qishloq davolash ambulatoriyasi, 6 qishloq vrachlik punkti, 15 dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi.

Oqqoʻrgʻon tumanida avtomobil yoʻllarning umumiy uz. 620 km ga teng boʻlib, ulardan mamlakat ahamiyatidagilari 62 km ni tashkil etadi. 1935-y. 1 sent. dan «Oqqoʻrgʻon ovozi» tuman gaz. chiqariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x