Oqota


Post Views:
18

OQOTA – shahar xarobasi (milodiy 5–6 – 11-asrlar; qisman 15-asr). Toshkentning shimoli – sharqiy chekkasida joylashgan. 20-asrning 20-yillarida qayd etilgan bo‘lsa-da, birinchi arxeologik tadqiqot ishlari 1940 yil o‘tkazilgan (M.E.Voronets). Oqotaning umumiy maydoni 600×300 m, arkining balandligi 5–6 m. 1960 yil Oqotadan temuriylar davriga oid xazina topilib, 1040 ta mis tanga O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyiga topshirilgan. Oqotaning negizini ilk o‘rta asrlarda qurilgan ark tashkil qiladi. U 10–11-asrlarga kelib qabristonga aylangan. Oqotadagi hayot 15-asrda bir oz jonlangan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/oqota-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x