OQOSTONA BOBO MAQBARASI

OQOSTONA BOBO MAQBARASISurxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (10-a. oxiri — 11-a. boshlari). Makbara chorsi xonali (tashqi oʻlchami 9×8,7 m, ichkisi 5,65×5,80 m), tarzlariga gʻishtlar mavj shaklida terilgan. Shim.-sharkiy tar-zidagi ravoq orqali kiriladi. Uning 2 yoniga ishlangan guldastadan faqat jan. qismidagisi saklangan. Poygum-bazi gʻoʻlasimon, yuqorisi qubba bilan yakunlangan. Gumbaz osti bagʻallari 8 qirrali, chuqur ravoqlar ishlangan. 15-a. da jan.-sharqiy tomondagi devori qayta qurilgan. 19-a. oxirida usta Xudoyberdi yarim shikastlangan gum-bazni qayta tiklagan, binoning shar-qiy tomonidan qoʻshimcha kirish xona-sini qurgan.

Ad.: Arshavskaya 3. A., Rtveladze E. V., Xakimov 3. A., Srednevekovыye pamyatniki Surxandari, T., 1982.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x