OQIZIQLAR

OQIZIQLARdaryo oqimlari bilan birga suv omborlari, kul va dengizlarga oqib keladigan mineral va organik zarrachalar. Oqiziqlar dare uzani, jarlik va soylarning oqar suvlar, dare hav-zalaridagi jinslarning yomgʻir va erigan qor suvlarida yuvilishidan xrsil boʻladi. Tabiiy sharoitlarda Oqiziqlarning katta-kichikligi togʻ daryolarida bir necha oʻnlab sm gacha borishi mumkin (shagʻal va xarsanglar). Suvdagi Oqiziqlar miq-dori uning loyqalik darajasini belgilaydi, kg/m3, g/m3, mg/l va %da ulcha-nadi. Oʻrta Osiyoning tekisliklaridan oqadigan daryolarida loykalik daraja-si yuqori (Amudaryoda 4,6, Sirdaryoda 2 kg/m3 gacha). Suvdagi harakatiga qarab Oqiziqlar muallaq (suv ichida suzib yuruvchi) va suv osti (suv ostida oʻzan boʻylab sirgʻ-alib siljiydigan) turlarga bulinadi. Suvning oqim tezligiga qarab suv osti Oqiziqlar muallaq holatga oʻtishi va aksincha bulishi mumkin. Ayniqsa, tosh-qin va tulin suv vaqtida Oqiziqlar juda jadal hosil buladi. Maʼlum vaqt ichida (oy, yil) oqimning joʻshqin kesimi orqali oʻtuvchi Oqiziqlar miqdori daryoning qattiq oqimi (t/ oy, t/yil) dey-iladi. Oʻrta Osiyo daryolarining qattiq oqimi juda katta mikdorni tashkil etadi. Mas, Amudaryo yiliga 300 mln. t gacha Oqiziqlar keltiradi. Oqiziqlarni va qattiqoqimni urganish gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish va ishla-tishda katta ahamiyatga ega. Oqiziqlar chukishi natijasida suv olish inshootlarining xizmat muddati qisqaradi, kanallarning suv oʻtkazish imkoniyati va suv om-borlarining sigʻimi kamayadi.

Masharif Boqiyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x