O‘qituvchi attestatsiyadan o‘tolmasa ishdan olinadimi?

O‘qituvchi attestatsiyadan o‘tolmasa ishdan olinadimi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Savol: Men biologiya fani o‘qituvchisiman. Hozirda hech qanday toifam yo‘q. Men navbatdagi attestatsiyaga jalb qilindim. Direktorimizni aytishicha, agar men yetarli ball to‘plolmay attestatsiyadan o‘tolmasam men bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishini aytdi. Shu to‘g‘rimi?

javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 392-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq ikkinchi malaka toifasiga davogar bo‘lgan mutaxassis, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog xodim yetarli ball to‘play olmay, attestatsiyadan o‘ta olmasa attestatsiya komissiyasi «Attestatsiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas» degan qaror qabul qiladi.

Attestatsiyadan o‘tolmagan pedagog xodim navbatdan tashqari malaka oshirish kurslariga yuboriladi hamda keyingi yilda qayta attestatsiyaga jalb etiladi. Qayta attestatsiyaga jalb etilgan pedagog xodim ikkinchi martta ham attestatsiyadan o‘tolmasa ish beruvchi tomonidan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat haqidagi qonunlarda belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, siz attestatsiyadan o‘ta olmasangiz shu yilning o‘zidayoq mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi. Pedagog xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ikkinchi martta ham ular attestatsiyadan o‘tolmagan taqdirdagina Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-bandiga muvofiq bekor qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, baholash mezonlari bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich chiqarilmaydi hamda baholash mezonlarining birortasi bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichdan past baholansa «attestatsiyadan o‘tmadi» degan qaror qabul qilinadi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x