OQAYIQ

OQAYIQ [Ursus (Thalarcfus) maritinus] — ayiqsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi; baʼzan alohida Thalarctos urugʻiga ajratiladi. Gavdasininguz. 2 — 2,5 m, baʼzan 3 m gacha, balandligi (yagʻrinidan) 1,5 m gacha, vazni 800 kg gacha. Yungi oq, baʼzan limon yoki kul-rang tusda. Tovoni va panjalarining osti yung bilan qoplangan. Arktika faunasining tipik vakili, suzuvchi muzliklar va Shim. Muz okeani sohalari yaqinida yashaydi. Yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi. Asosiy ozigʻi — tyulenlar.

Past haroratga yaxshi moslashgan, gavdasi massasining 40 % ini yogʻ tashkil etadi. Atrof muhit harorati —50° gacha pasayganida ham tanasidagi gaz almashinuvi kuchaymaydi, yaʼni termoregulyatsiya uchun qoʻshimcha energiya sarflamaydi. Mart—apr. da urchiydi. Urgʻochisi 2 yilda 1-marta (dek. —yanv. da) 1—3 ta koʻzi yumuq bola tugʻadi. Boʻgʻoz urgʻochisi qor ostidagi inida qishki uyquga ketadi va faqat mart—apr. da bolalari bilan inidan chiqadi va kezib hayot kechiradi. Bolalari 1,5 yilgacha onasiga ergashib yuradi. Oqayiqni terisi va goʻshti uchun koʻp ovlanadi. 1956-y. dan ovlash man qilingan. 1976-y. dan xalq-aro muhofazaga olingan, Xalqaro va RF Qizil kitoblariga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x