OPTIMIZM

OPTIMIZM (lot. optimus — eng yaxshi) — dunyoda ijobiy omil, yaxshilik hukmronlik qiladi degan tasav-vur. Bu atama mavjud dunyoning «eng yaxshi dunyo sifatida» yaratilganligi toʻgʻrisidagi G. V. Leybnis taʼlimotini ifodalash uchun joriy qilingan. Pessimizmning ziddi. Oʻrta asr Sharqi qamda Yevropada Uygʻonish davri guma-nizmining vakillari, 18-a. fransuz maʼrifatchilarining dunyoqarashi Optimizm ruhi bilan sugʻorilgan edi. Ular «aklga muvofiq» ijtimoiy tuzumga erishish mumkin deb hisoblaganlar. Umuman Optimizm tarafdorlari uzluksiz taraqqiyotga ishonadilar, kelajakka ishonch bilan qaraydilar. Odamlarni hayotni sevishga, inson aql-idrokini qadrlashga, ilm-maʼrifatga erishishga daʼvat qiladilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x