ONANGDAN AHVOL SO‘RAB QO‘Y!

MOSTBETDAN BONUS OLING

DO`STLARGA ULASHING:

ONANGDAN AHVOL SO‘RAB QO‘Y!

🍃 Ko‘chada yursang ham tog‘ni qo‘porib,
🍃 Dunyolar ishidan ketsang ham xorib,
🍃 Telefonga qo‘ling charchamay borib,
🌺 Mard bo‘lib onangdan ahvol so‘rab qo‘y.

🍃 Necha bor telefon qilasan yorga,
🍃 Charchash yo‘q, bolangchun yaraysan korga.
🍃 Onang ham seniki, o‘xshatib borga,
🌺 Mard bo‘lib onangdan ahvol so‘rab qo‘y.

🍃 Keraklardan kerak, mayli qilmagin,
🍃 Kerak bo‘lgan deb ham, mayli bilmagin,
🍃 Topganing nomard bo‘b, mayli iymagin,
🌺 Mard bo‘lib onangdan ahvol so‘rab qo‘y.

🍃 Ketsa ketar degin og‘zingni yeli,
🍃 Yel uchun og‘rimas xech kimni beli.
🍃 Mehringga umidvor, onaning f’eli,
🌺 Mard bo‘lib onangdan ahvol so‘rab qo‘y.

🍃 Bo‘ri oshing kutmas, bo‘ri so‘z kutar,
🍃 Yaxshilik cenga deb, yomoning yutar.
🍃 Kerak qilsang ol deb, jonni ham tutar,
🌺 Mard bo‘lib onangdan ahvol so‘rab qo‘y.

🍃 Qutilar kuning bor, ketishi aniq,
🍃 Joning ham navbatga yetishi aniq.
🍃 Qaytar dunyo, qilmish qaytishi aniq,
🌺 Mard bo‘lib onangdan ahvol so‘rab qo‘y.

🍃 Onangni ahvoli yaxshidir, yomon,
🍃 Sog‘inib ko‘zlari boqar sen tomon.
🍃 Mushtipar onangni eslab xar zamon,
🌺 Mard bo‘lib onangdan ahvol so‘rab qo‘y.

🍃 Aslida loyiq u, barcha e’zozga,
🍃 G‘olib chiqar ona, qo‘ysam ovozga.
🍃 Ovozingni o‘xshatib muloim sozga,
🌺 Qani biir, onangdan ahvol so‘rab qo‘y.

🍃 Muruvvat istar deb qo‘rqma brodar,
🍃 U seni ko‘targan osmonga qadar.
🍃 Yana ham ko‘tarsa, nasixati—zar,
🌺 Mard bo‘lib onangdan ahvol so‘rab qo‘y.

🍃 Duosin ololgin, gul bo‘lar ,,cho‘l”ing,
🍃 Xech yo‘q o‘zing uchun, mard bo‘lsin qo‘ling.
🍃 Xech sabab tirkama to‘solmas yo‘ling,
🌺 Mard bo‘lib onangdan ahvol so‘rab qo‘y!!!

MOSTBETDAN BONUS OLING

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x