Ona qoʻynida

Sen onang qoʻynida yashaysan xushbaxt…

Hayot tashvishlari hali begona.

“Koʻkdagi oy kerak” desang boʻlar taxt,

Dam oʻtmay, yulduzni qoʻmsaysan yana.

 

Sen emas, oʻzim ham shunday edim, rost

Uchirma boʻlishdan ilgari, ukam.

Mudragan koʻzlarim ochildi bir oz,

Olisda mustaqil yashab turgan dam.

 

Roʻzgʻorga bir dona narsa kirguncha

Necha vaqt quvvating toʻgʻilar ekan.

Murgʻaging beshikdan yoʻlga turguncha

Sogʻliging chok-chokdan soʻkilar ekan.

 

Baʼzida paridek koʻringan zotning

Nuqsoni koʻrinib qolarkan ayon.

Sen ravon deb bilgan hayot yoʻlida

Qoqinsang, alami boʻlarkan yomon.

 

Oʻshanda tugʻilib oʻsgan ostona

Oʻziga chorlagay – yakkash panoh, taxt.

Hozircha bu oʻylar senga begona,

Sen onang qoʻynida yashaysan xushbaxt.

 

Mukarrama MURODOVA

https://saviya.uz/ijod/nazm/ona-qoynida/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x