OMONULLAXON

OMONULLAXON (1892.1.6, Kobul – 1960.25.4, Syurix) — Afgʻoniston amiri (1919—29), barakzaylar sulolasidan. Amir Habibullaxonnmnt oʻgʻli. Otasi saroy fitnasi natijasida oʻldirilgach, taxtga chiqqan (1919-y. 21 fev.), Afgʻoniston mustaqil davlat deb eʼlon qilingandan soʻng (1919-y. 28 fev.), Angliya tomonidan Uchinchi inglizafgʻon urushi boshdangan (1919-y. 6 may). Bu urushda afgʻonlar gʻalaba qilib, Ravalpindida tinchlik shartnomasi imzolangan (1919-y. 8 avg.). Rossiya, Tur-kiya, Eron, Germaniya, Italiya va Fransiyaga favqulodda missiyalar yuborib, bu davlatlar bilan yosh Afgʻoniston oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatdi. O. Yosh afyunlar taʼsirida Afgʻonistonda muhim islohotlar oʻtkazgan. Abdulquddusxon Ittimodiy bosh vazir, Mahmud Tarziy tashqi ishlar vaziri, general Muhammad Nodirxon (Nodirshoh) harbiy vazir boʻldi. Afgʻoniston Konstitutsiyasi qabul qilingan (1923). 1927-y. dek. — 1928-y. iyunda Hindis-ton, Turkiya, Eron, SSSR va b. mamlakatlarda boʻlib, Gʻarb turmushidagi taraqqiyparvar anʼanalarini Afgʻoniston hayotiga tatbiq qilishga intilgan. Biroq Omonullaxonning islohotlari qattiq qarshilikka uchradi. Bir tomondan, mulla Levanay boshchiligidagi jan, qabilalarning markaziy hokimiyatga qarshi isyonlari kuchaygan boʻlsa, ikkinchi tomondan, hukumat ichidagi konservativ fikrlovchi ayrim vazirlar (Nodirxon va b.) muxolifatga qoʻshilgan. 1928—29 y. larda tojik deh-qoni Habibulla-Bachai Saqqo rahbarligida shim. da koʻtarilgan qoʻzgʻolon natijasida Omonullaxon taxtdan voz kechishga majbur boʻlgan (1929-y. 14 yanv.) va Qandahorga qochib ketgan.

Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri Gʻulom Siddiqxon va mamlakatning SSSR dagi elchisi Gʻulom Nabixon Charxiy Moskvada I. V. Stalin bilan uch-rashgach, Omonullaxonga harbiy yordam koʻrsatish haqidagi rasmiy taklif qondiriladi (1929-y. mart). V. Primakov boshchiligidagi sovet harbiy qismlari Afgʻonistonga kiritilgan (1929-y. 14 apr. — 31-may). Biroq 1929-y. may oyining oxirida yangi amir — Habibullaxonga qarshi kurashni toʻxtatib, Omonullaxon 20 xalta tilla (10 mln. oltin tilla) va b. qimmatbaho boyliklar hamda qarindosh-urugʻlarni olib, avval Hindiston, soʻngra Italiyaga joʻnashgan. 1948-y. da Afgʻonistondagi mavjud siyosiy hoki-miyatni tan olgach, uning fuqarolik huquqlari tiklandi. Jalolobod (Afgʻ-oniston)da dafn etilgan.

Ad:. Nazarov X., Sotsialnыye dvijeniya 20-godov XX veka v Afganistane, Dushanbe, 1989; Rajabov Q., Buxoroga Qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x