OMONAT

OMONAT — mijozning maʼlum bir shartlar asosida bankka qoʻygan pul mablagʻlari. Omonatga pul mablagʻlarini kirim kilish mikdori, ularni saqlash muddati va maqsadi Omonatning turi shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka koʻra, Omonat kimning nomiga qabul qilinsa, uning nomiga Omonat daftarchasi rasmiylashtiriladi. Omonat nomiga boshqa shaxs mablagʻ topshirishi mumkin, bunda mablag kimning nomidan topshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxs O. chi hisoblanadi. Omonatdan mablagʻlar O. chining birinchi talabiga koʻra, toʻliq yoki qisman berilishi taʼminlanadi. Omonat chi O. ga qoʻygan mablagʻidan shaxsan oʻzi yoki ishonchli vakili orqali foydalanish huquqiga ega. Omonat dagi mablagʻlar bir yoki bir necha kishiga, shuningdek, davlatga, alohida tashkilot va korxonalarga vasiyat qilinishi mumkin. Omonat boʻyicha daromadlar foiz yoki yutuq koʻrinishida toʻlanadi. Foiz stavkasining mikdori banklar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Banklar talab qilib olinadigan, muddatli va jamgʻariluvchi O. turlariga pul mablagʻlarini qabul qiladilar (yana q. Depozit).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x