ONANIZM

ONANIZM (Bibliyadagi personaj Onan nomidan) , masturbatsiya — shahvoniy hisni qondirish maqsadida jinsiy aloqasiz erogen sohalar va jinsiy aʼzolarni sunʼiy taʼsirlab yoki ruhan tasavvurlash yoʻli bilan shahvoniy hisni qoʻzgʻatib orgazm — shahvoniy lazzat olish. Onanizm, asosan, balogʻatga yetish davrida koʻproq kuzatiladi va haqiqiy jinsiy hayot boshlanishi bilan barham topishi mumkin. Haddan tashqari tor ichki kiyim kiyilganda ham jinsiy aʼzolar taʼsirlanadi, pornografik filmlar, suratlar, erotik raqslar, oʻyinlar, filmlar, hikoyalar, tush koʻrishlar va shu mazmundagi kitoblarni oʻqish, jinsiy aloqalar mavzusida soʻzlashish Onanizmga bahona boʻlishi mumkin. Onanizm odat tusiga kirib qolganda salbiy oqibatlarga olib boradi. Yuqorida keltirilgan sabablar bartaraf etilsa, bu odat astasekin barham topadi. Bundan tashqari, oʻsmirlarda Onanizmning rivojlanishiga yordam beradigan kasalliklar (ekzema, gijjalar, ayniqsa, ostritsalar va qabziyat) ni yoʻqotish ham ijobiy natija beradi. Onanizm oligofereniya, psixopatiya, shizofreniya va ruhiy kasalliklarda ham uchrashi mumkin. Onanizmning oldini olish uchun oʻspirinlar har kuni toza havoda sayr qilishlari, badan tarbiya va foydali mehnat bilan shugʻullanishlari lozim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x