OLTINTOSH

OLTINTOSH, Oltuntosh al-hojib (asl ismi Abu Saʼid) (? — 1032) — turk gʻulomlaridan, keyinchalik gʻaznaviylaraan Ca-buktegin va uning 2 vorisining lashkarboshisi. Sabuktegin davridayoq u xukmdor gvardiyasidagi eng yuqori martaba — «ulugʻ qojib» unvoniga ega boʻlgan; Mahmud Gʻaznaviy davrida qora-xoniylar bilan boʻlgan katta jangda (1008-y. 1 yanv.) O. qoʻshinning oʻng qanotiga qoʻmondonlik qilgan; 1000—11 y. lar u Hirot noibi sifatida manbalarda qayd etilgan. Xorazm zabt etilgach (1017), O. xorazmshoh unvoni bilan ushbu viloyatga noib etib tayinlangan, u bu lavozimni vafot etguniga qadar egallab turgan. Oltintosh chegara viloyati boʻlgan Xorazmni ehtiyotkorona idora etgan va oʻzini qoʻshni turkiy qabilalardan muvaffaqiyatli suratda mudofaa qilgan, bu bilan u Xorazmdagi oʻz hokimiyatini yanada mustahkamlagan. Mahmud va Masʼud Gʻaznaviylar O. ning bu harakatlariga shubha bilan qarashgan, ular hiyla bilan Oltintoshni daf etish yoʻliga oʻtishgan. 1032-y. bahorida Oltintosh sulton Masʼud topshiri-gʻiga koʻra, Alitegita qarshi otlangan va Dabusiya yaqinidagi jangda ogʻir jarohatlanib vafot etgan. Noiblik uning oʻgʻli Horunga topshirilgan, xorazmshoh unvoni Masʼudning oʻgʻli Saʼidga berilgan, Horun mamlakatni faqat shahzodaning vakili sifatidagina boshqara olishi mumkin boʻlgan. Biroq 1034-y. avg. da Horun oʻzini mustaqil deb eʼlon qilgan, ammo kelasi yili gʻaznaviylar koʻrsatmasiga koʻra, oʻldirilgan; uning birodari va vorisi Ismo-il Xandon Xorazmni 1041-y. gacha idora qilgan, soʻngra gʻaznaviylar topshirigʻiga koʻra, Jand hokimi Shoh Malik tomonidan quvib yuborilgan. Shu b-n O. tomonidan asos solingan sulola barham topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x