OLTINKOʻL — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi shaharcha (1969-y. dan). Qoʻngʻirot shahar kengashiga karashli. Tuman markazi va yaqin t. y. stansiyasi (Qoʻngʻirot)dan 6 km. Aholisi 24 ming kishi (2000). Oltinkoʻlda paxta tozalash z-di, 6 umumiy taʼlim maktabi, madaniyat va istirohat bogʻi, avtokorxona, madaniy, maishiy va savdo xizmati koʻrsatish shoxobchalari bor. O. da Qoʻngʻirot tuman aeroporti joylashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые