OLMOSH

OLMOSH — ot, sifat, son oʻrnida qoʻllanuvchi mustaqil soʻz turkumi. Olmosh larning asosiy maʼnosi va qaysi soʻz turkumi oʻrnida qoʻllanishi matnda oydinlashadi. Olmosh larning maʼnosi noaniq va umumiy boʻladi. Maʼno va grammatik xususiyatlariga koʻra, Olmosh umumlashgan predmet (O. – ot: men, sen, u, kim, nima, hech kim, hech nima), umumlashgan belgi (O. – sifat: bu, shu, oʻsha, qaysi, allaqanday, hech qanday), umumlashgan mikdor (O. – son: qancha, necha, shuncha, oʻshancha) bildi-ruvchi Olmosh larga boʻlinadi. Olmoshlar noaniqligi, soʻz yasalishining yoʻqligi bilan boshqa soʻz turkumlaridan farklanadi. Olmoshlar maʼno va grammatik xususiyatlariga koʻra, kuyidagi turlarga boʻli-nadi: kishilik Olmosh lari — men, sen, u, biz, ular boʻlib, shaxslar oʻrnida ishlatiladi, oʻzlik Olmosh — oʻz soʻzidan iborat boʻlib, predmet maʼnosini kuchaytirib, taʼkidlab koʻrsatadi; koʻrsatish Olmosh — bu, shu, oʻsha, u, ana, mana kabilar predmet va uning belgilarini koʻrsatadi; soʻroq O. — kim? nima? qancha? qanday kabilar predmet, belgi va miqdor haqida soʻroqni bil-diradi; belgilash-jamlash Olmosh — hamma, bari, baʼzan, har nima, har qanday kabilar predmet va uning belgisini umumlashtirib, jamlab koʻrsatadi; boʻlishsizlik Olmosh — hech kim, hech qanday, hech qanaqa, hech qaysi kabilar inkor maʼnosini bildiradi; gumon Olmosh — allakim, allanima, nimadir, kimdir kabilar predmet va uning belgisi, miqdorini taxminiy bildiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x