OLMALIQSOY

OLMALIQSOYToshkent viloyatidagi soy. Qurama tizmasining shim.gʻarbiy yon bagʻridagi Novnali dovonidan 3 km gʻarbda (2330 m) bir qancha mayda buloklardan boshlanadi. Olmalik, sh. yaqinida ariqlarga boʻlinib, Ohangaron daryosiga yetmay tugaydi. Uz. 32 km, havzasining mayd. 84 km2. Yuqori oqimida soy tor va nisbatan chuqur, quyi oqimida keng va yon bagʻirlari yotiq vodiyda oqadi. Qor va yomgir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 0,28 m3/ sek. Mart—apr. da suvi koʻpayadi. Umumiy uz. 20 km ga yaqin, 8 ta irmogʻi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x