OLIMXON

OLIMXON, Amir Olimxon, Amir Sayd Olimxon (1881, Karmana — 1944.28.4, Kobul) — Buxoro amiri (1910—20), mangʻitlardan. Amir Abdulahadning oʻgʻli. Peterburgdagi Nikolayev kadet (pajlar) korpusida taʼlim olgan (1893 — 96). 1898-y. Qarshi, soʻngra valiaxd sifatida Karmana bekliklariga hokim boʻlgan. Otasi vafotidan soʻng, Buxoro taxtiga oʻtirgan (1910 i. 24 dek.).

Olimxon davrida Buxoro amirligining Rossiyaga qaramligi yanada kuchaydi. Taraqqiyparvar kuchlar, shuningdek, Yosh buxoroliklar qattiqtaʼqib qilindi. Birinchi jahon urushi davrida Rossiya imperatori Nikolay II uni general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlagan va oʻzining general-adyutanti qilib tayinlagan (1915-y. dek.). Chunki, u Rossiyaga katta miq-dorda pul bilan yordam bergan edi. Bu-xoroda 1917 p. aprel namoyishi, xususan, Kolesov voqeasi (1918-y. mart) dan ke-yin u amirlik hududida 3000 kishini jadidlikda ayblab, nohaq qatl qildirgan.

1920-y. avg. da Buxoro bosqini natijasida amirlik tuzumi agʻdarib tashlandi. Sent. oyining oʻrtalarida O. Sharqiy Buxoroga borib, Buxoro xalqining bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borgan mustaqillik kurashiga rahbarlik qilishga urindi. Olimxon Hisor viloyatini oʻziga qarorgoh qilib, 6 oy davomida kizil askarlarga karshi kurashgan. Hisorda yangi hukumat tashkil qilib, buxoroliklarning qizil askarlarga karshi olib borayotgan jang harakatlarini muvofiklashtirishga intilgan. O. Koʻlob, Hisor va Dushanba atro-fida katta mikdordagi kuchlarni birlashtirishga muvaffaq boʻlgan. 1920-y. noyab. oyining oʻrtalarida uning koʻshinlari Boysun, Darband, Sherobodni qizil askarlardan ozod qilishdi. Olimxon ixtiyoriga Fargʻonadan yordamga yuborilgan 4000 yigit xam Sharqiy Buxoroga yetib keladi. 1921-y. 8 yanv. da Olimxon qoʻshinining miqdori 25000 kishiga yetgan. Hisordan Koʻlob viloyatiga kelgan Olimxon butun qoʻshinlariga Ibrohimbekni Oliy bosh qoʻmondon (oʻrinbosarlar: Sharqiy Buxoroda — Davlatmandbek va Gʻarbiy Buxoroda — Mulla Abdulqahhor) qilib tayinlaydi. Biroq, bir qator janglarda magʻlubiyatga uchragach, O. Amudaryoning Chubek kechuvidan Afgonistonga oʻtib ketgan (1921 i. 4-mart).

Olimxonni Kobulda Afgʻoniston amiri Omonullaxon qabul qilib, doimiy yashashi uchun unga Kalʼai Fotuda maxsus qarorgoq ajratib beradi. U Kobulda yashasa xam Buxorodagi ozodlik harakatiga gʻoyaviy jihatdan rahbarlik qilishda davom etdi, koʻrboshilar va ulamolarga turli maktublar va qimmatbaho sovgʻalar joʻnatib, ularni kurashga ilxrmlantirgan. O. Kobulda oʻzining esdaliklarini yozib tugallaydi. Umrining oxirida koʻzi ojizlanib qoladi, ogʻir dardga chalinadi. Uzoq davom etgan xastalikdan soʻng u Kalʼai Fotuda vafot etadi. Kobul atrofidagi Shahidoni islom (Islom shahidlari) qabristoniga dafn etilgan. Olimxonning xoti-ralari Parijda fransuz tilida (1929), keyinchalik Gʻarbda fors tilida, Oʻzbekistonda oʻzbek va rus tillarida (1991), Tojikistonda tojik tilida (1992) alohida kitob sifatida chop qilingan. Olimxon hukmronligi davrida Buxoroda Olimxon madrasasi qurilgan, Sitorai Mohi Xosa saroyini qurish yakunlangan.

As: Buxoro xalqining hasrati tarixi . T., 1991.

Ad.: Ayniy S, Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, M., 1926; Fitrat, Amir Olimxonning hukmronlik davri, T., 1992; Muhammad Ali Baljuvoniy, Tarixi nofeiy [foydali tarix], T., 2001; Rajabov Q., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.

Qahramon Rajabov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x