OLDRIJ

OLDRIJ (Aldridge) Jeyms (1918. 10.7, Uayt-Xils, Viktoriya shtati, Avstraliya) — ingliz yozuvchisi va jamoat arbobi. London un-tida oʻqigan. 2-jahon urushi davrida jangovar reportaj va ocherklar yaratgan. «Dengiz burguti» (1944), «Diplomat» (1949) kabi romanlari va «Oʻzga vatan oʻgʻloni» (1962), «Xavfli oʻyin» (1966) romanlaridan iborat dilogiya muallifi. «Choʻl ufqi qahramonlari» (1954), «Uning oʻlimini istamayman» (1957), «Soʻnggi quvgʻin» (1961) romanlarini Sharq mavzuiga bagʻishlagan. «Yangi Misr» (1967) ocherkida uygʻonayotgan mamlakat hayotini realistik manzaralarda ifodalagan. Oldrijning siyosiy ruhdagi publitsistik maqolalari ham bor. Bir qancha asarlari oʻzbek tiliga tar-jima qilingan: «Alvido, Antiameri-ka» (1973), «Farzandlarga saboq» (1966) va b. 1979-y. da Oʻzbekistonda boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x