OKSFORD UNIVERSITETI — Buyuk Britaniyaning yirik va qad. untlaridan biri. 12-a. ning 2-yarmida Oksford sh. da tashkil etilgan. Un-tda turli davrlarda R. Bekon, Ioan Dune Skot, J. Uiklif, T. Mor, J. Lokk, A. Smit, R. Boyl dare bergan, E. Galley 1703-y. dan un-t prof. boʻlgan. Ilohiyot, huquq, tibbiyot, klassik adabiyot, yangi va eng yangi tarix, ingliz tili va adabiyoti, oʻrta asr va hoz. zamon Yevropa tillari va adabiyoti, sharqshunoslik, fizika, mat., biol., q. x. fanlari, psixologiya, antropologiya, geogr., sanʼatshunoslik, mu-siqa boʻyicha mutaxassislar tayerlaydi. Bir kancha ixtisoslashtirilgan i. t. institut va lab. lari, muzeylari bor. Asosiy kutubxonasi (1602-y. tashkil etilgan)da 3 mln. ga yaqin asar saklanadi. Un-tda 14 mingga yaqin talaba taʼlim oladi, mingdan ortiq oʻqituvchi ishlaydi. Oʻqituvchilar orasida London qirollik jamiyati aʼzolari, Nobel mukofoti laureatlari bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые