OKEANOLOGIYA

OKEANOLOGIYA (okean va… logiya) , okeanografiyaDunyo okeanidagi fizik, kimyoviy, geologik va biologik jarayonlarni oʻrganadigan fanlar majmui. Okeanologiyaning asosiy amaliy maqsadi — dengizdagi suv usti va suv osti kemalari katnovining xavfeizligini taʼminlash va samaradorligini oshirish, okean suvlari va tubining biologik-mineral va energetika resurelaridan foydalanish; ob-havoni oldindan aytish usullarini mukammallashtirish.

Okeanologiya, asosan, kemalarda va gidrologik st-yalarda oʻlchovlar oʻtkazishga asoslanadi: kemalarda exolot yordamida okean tubining chuqurligi oʻlchanadi; astronomiya usulida Yerning radio yoʻldoshlari va maxsus navigatsiya yoʻldoshlari yordamida kema turgan joyning oʻrni anikdanadi; gidrologik st-yalarda esa suvning t-rasi oʻlchanadi; shoʻrligi va kimyoviy, optik xususiyatlarini aniklash uchun turli chuqurlikdan namuna olinadi. Bu fan okean suvi yuzasidagi va chuquridagi oqimlarni, toʻlqinlarni oʻlchash; suv rangini, muzlarning xususiyatini aniklash, gruntdan, hayvon va oʻsimliklardan namuna olish usullaridan ham foydalanadi. Bir qancha oʻlchovlar (dengiz sathi, suv koʻtarilishi, toʻlqinlar, t-ra va b.) qirgʻoq va orol st-yalarida olib boriladi. Dunyo okeanografiya katalogi (1973) 200 ming gidrologiya st-yasining maʼlumotlarini oʻz ichiga oladi. Okean tubi chuqurliklarini sistemali ravishda oʻlchab turish yoʻli bilan toʻplangan maʼlumotlar okean maydoni asosiy qismining 1:10 000 000 masshtabli batimetrik xaritalarini tuzish imkonini bermokda. Okeanologiya maʼlumotlari navigatsiya xaritalari, jadvallar, qoʻllanmalar va lotsiyalar tuzishda gidrografiya xizmati muassasalari uchun ilmiy asos boʻlib xizmat qiladi.

Okean fizikasi (fizik okeanografiya, dengiz fizikasi) gidrotermodinamika, akustika, okean optikasi, radioaktivligi (yadro gidrofizikasi) va elektromagnit maydonini tadqiq etishni oʻz ichiga oladi. Okean fizikasining eng yirik muammosi ob-havoni ancha vaqt oldindan aytish imkonini beradigan krnuniyatni — okean va atmosfera oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir qonuniyatini aniqlashdan iborat.

Okean kimyosi (kimyoviy okeanografiya) okean suvlarining gidro-kimyosi va okean tubi choʻqindilarining geokimyosini oʻz ichiga oladi.

Okean geologiyasi geol., geofizika va geokimyoning Dunyo okeani tagidagi Yer qobigʻiga tegishli barcha boʻlimlarini oʻz ichiga oladi.

Okean biol ogiyasi tirik organizmlar — plankton, nekton, bentos va mikroorganizmlarni oʻrganish bilan shugʻullanadi.

Asosiy xalqaro okeanologiya tashkilotlari: YUNESKO qaramogʻidagi hukumatlararo okeanografiya komissiyasi (XOK), Dengizni oʻrganish xalqaro kengashi va b. OʻKEYSI (OʻKasey) Shon (1880.30.3, Dublin — 1964.18.9, Torki, Angliya) — irland yozuvchisi va dramaturgi. 1926-y. dan Angliyada yashagan. Oʻtgan asrning 10—20-y. larida irland xalqining ingliz mustamlakachilariga qarshi inqilobiy kurashi qatnashchisi. «Oʻqchining soyasi» (1923), «Yunona va tovus» (1924), «Omoch va yulduzlar» (1926) pyesalari irland xalqining 20a. boshidagi milliy ozodlik harakati voqealariga bagʻishlangan. Ilk asarlarining badiiy uslubida realistik va romantik tamoyillar oʻzaro qoʻshilib ketgan. «Yulduz qizarmokda» (1940) pyesasi inqilobiy gʻoyalar bilan sugʻorilgan. «Uyimdagi koʻzgu» («Tarjimai hol», 1 — 6-j.) epopeyasida (1939—54) qora xalq orasidan chiqqan kishining jahon madaniyati, ijodiyoti choʻqqilariga, ijtimoiy taraqqiyot uchun kurashga qadar bosib oʻtgan yoʻlini koʻrsatib bergan. «Yepiskop gulxani» (1995), «Ned otaning nogʻoralari» (1958) pyesalarida Irlandiya katolik ruhoniylari rahbarlarini xajv qilgan. «Uchayotgan ari» (1937), «Yashil qargʻa» (1956), «Guldor qalpoq ostida» (1963) kabi maqolalar va esselar toʻplamlarida OʻK. realizmning haqiqiy tarafdori sifatida modernizmga qarshi kurashib, realistik sanʼat prinsiplarini qoʻllab-quvvatlagan. Publitsistik asarlari tinchlik uchun kurash ishiga xizmat qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x