OGANESOV

OGANESOV Tachat Amayakovich(1922. 1.2, Armaniston, Leninakan viloyati — 1991.15.5) — rangtasvirchi rassom, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1968). 1933-y. dan Oʻzbekistonda. P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini (1947) va Repin nomidagi Leningrad rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik in-tini (1953) tugatgan. 1954-y. dan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tida pedagog, prof. (1984). Oganesov ijodini zamondoshlarining portretlarini, mehnat ahlini ulugʻlovchi, tabiat manzaralarini taran-num etuvchi polotnolar yaratishga bagʻishlagan, inson xarakterini ochishda moy-boʻyoqlarning rang va tuslaridan mohi-rona foydalanadi. «Yozuvchi S. Borodin» (1956), «Konchi Mavlonov», «Rassom I. Valdenberg va D. Ushakovlar» (1959), «Haykaltarosh Makarov» (1960), «Professor A. Asqarov» (1975) va b. portretlari, «Paxtakorlar» (1958), «Togʻdagi oqshom» (1958), «Qoʻshiq» (1965), «Choʻlda» (1981), «Oqoltin» (1982) va b. asarlari shular jumlasidan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x