OGʻIZAYLANGICHLAR

OGʻIZAYLANGICHLAR (Rotatoria) birlamchi tana boʻshlikli chuvalchanglar sinfi. Xaltasimon, baʼzan sharsimon gavdasi bosh, tana va dum boʻgʻimlaridan iborat. Koʻp hujayrali hayvonlar orasida eng kichigi, gavdasining uz. 0,01 dan 2,5 mm gacha. Ogʻiz oldi kipriklari murakkab tuzilgan. ogʻiz aylan-gich apparatini hrsil qiladi. Ayrim turlarining bosh boʻlimida sezgir tukchalari va 1—2 ta pigment koʻzachalari boʻladi. Koʻpchilik Ogʻizaylangichlar tanasi sovut bilan oʻralgan. Oʻtroq O. oyogʻi uchidagi 2 ta oʻsimtasi yordamida substratga yopishib oladi. Ichagi toʻgʻri nay shaklida; ichakning oldingi qismi chaynovchi oshqo-zon — mastaksni hosil qiladi. Ayirish organlari — protonefridiylar kloakaga ochiladi. Nerv sistemasi hal-qum usti gangliyi va undan qillar, koʻzchalar va b. organlarga ketadigan nervlardan iborat. Ayrim jinsli. Jinsiy bezlar yoʻli kloakaga ochiladi. Tuxim qoʻyadi yoki baʼzi vakillari tirik tugʻadi. Erkagi mayda, ayrim turlarining erkagi boʻlmasligi tufayli partenogenez koʻpayadi. Ogʻizaylangichlar sistematika-si va turlari yaxshi oʻrganilmagan. Keng tarqalgan; 2000 ga yaqin turi bor. Chuchuk suv bentosi va planktoni tarkibiga kiradi; nam mox va tuprokda yashaydi; ayrim turlari dengizlarda va shoʻr suvli havzalarda uchraydi. Bir hujayrali suv oʻtlari, mikroorganizmlar bilan oziklanadi, ayrimlari yirt-qich. Suv havzalari qurib qolganda koʻpchilik Ogʻizaylangichlar anabioz holatiga oʻtadi. Suv qavzalarining oʻz-oʻzidan tozalanishida va yosh baliqchalarning asosiy ozigʻi sifatida katta ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x