OGʻIZ

OGʻIZ, ogʻiz oshi — yangi tuqqan sigirning dastlabki 3 kunlik sutidan tayyorlanadigan taom. Shevalarda dalama, gelagay, palla kabi nomlar bilan ataladi. Ogʻiz suti qozonda sut kabi sust olovda qaynatiladi. Ogʻiz suti tarkibida oʻrtacha 25% quruq modda boʻlib, 5,4 % yogʻ, 15% oqsil, 3,3% sut shakari, 1,3% mineral moddalar, 200 ga yaqin toʻyimli va biologik faol moddalar (BFM) yengil hazm boʻladigan holatda uchraydi. Pishirilganda Ogʻiz sutining oqsili ivib, xuddi tvorogga oʻxshab qola-di, shunda qozonga tuz solib taʼmi rostlanadi. Ayrim joylarda Ogʻizga sedana ham solinadi. Baʼzi joylarda guruch qoʻshib pishiriladi. Mazali, toʻyimli taom Ogʻiz sovitib isteʼmol qilinadi. Sigir egasi sut moʻl-koʻl boʻlishini niyat qilib, Ogʻizni yaqin qoʻniqoʻshni va qarindosh-urugʻlarga tarqatadi.

Roʻzimat Hamroqulov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x