OGʻA

OGʻA (turkcha) — 1) Usmonli turk imperiyasida yanicharlar boshligʻi unvo-ni, shuningdek, saroy xodimlari boshligʻi. Yanicharlar korpusi tugatilgach (1826), Turkiya armiyasidagi kichik va oʻrta zobitlar. Hoz. Turkiyadagi yer egalariga murojaat qilinganda Ogʻa qoʻshib ishlatiladi, baʼzan kishi ismining bir qismi boʻlib ham qoʻllanadi;

2) Ogʻaning «aka» maʼnosi xam bor (mas, ogʻa-ini — aka-uka);

3) xon saroyi yoki boy xonadonidagi kanizak, uygʻur xo-nadonidagi eng keksa ayol ogʻacha deyilgan;

4) haram qoʻriqchisi (bichilgan qul) haram ogʻasi deb atalgan;

5) Xorazmda xon saroyiga arzga keluvchilarni qabul qiluvchi kishi eshik ogʻasi deyilgan;

6) xotinning akasi yoki ukasi (agar eridan katta boʻlsa) er uchun, erning akasi yoki ukasi (agar xotinidan katta boʻlsa) xotin uchun qaynogʻa hisoblanadi;

7) bu atama Eronda oqo shaklida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x