OFERTA

OFERTA, offerta (lot. offero — taklif etaman) — bir shaxening boshqa shaxsga tovar yetkazib berish, birorbir xizmat koʻrsatish va b. uchun shartnoma tuzish istagi va shartlari haqida yozma yoki ogʻzaki xabarnomasi. Shunday xabar yuborgan jismoniy yoki yuridik shaxs offerent, xabarnoma olgan shaxs akseptant deb ataladi (q. Aksept).

Oferta qabul qilingan hollarda akseptant offerentni yozma xabardor qiladi va tomonlar bitimi rasmiy kuchga kiradi. Oferta unda koʻrsatilgan amal qilish muddatiga ega boʻladi. Shu muddat davomida akseptant Ofertani qabul qilish huquqiga ega va bu oferent bilan shartnoma majburiyatlarini bogʻlab oladi.

Xalqaro savdoda Ofertaning qatʼiy va erkin turlari bor. Qatʼiy Oferta offerentning tovarlar partiyasini sotish imkoniyati haqidagi muddati koʻrsatilgan yozma taklifi ehtimoli boʻlgan xari-dorlardan faqat bittasiga yuboriladi va sotish shu muddat davomida oʻz taklifiga bogʻlanib qoladi (javob kutadi) va shunday taklifni boshqa xaridorga qoʻllay olmaydi. Erkin Ofertada bir vaqtning oʻzida bir tovar partiyasi bir qancha xaridorlarga taklif etiladi va javob uchun muddat belgilanmaydi va shu jixat bilan offerentni majburiyatlar bilan bogʻlab qoʻymaydi. Xaridorning Ofertaga roziligi haqidagi yozma javobi bitim imzolanganligini tasdiqlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x