OCHARCHILIK

OCHARCHILIK — iqtisodiy tanazzul, inqiroz va tanglik oqibatida jamiyat mikyosida yuzaga keladigan keskin ozik,-ovqat tanqisligi. Ocharchilik ijtimoiy hodisa boʻlib, urushlar, qurgʻoqchiliklar, tabiiy ofatlar, zilzilalar, har xil ekologik falokatlar va b. tabiiy hodisalar natijasida muayyan mamlakatda ommaviy tus olishi mumkin. Ocharchilik 2 xil: ochiq (mutlaq O.) va yashirin (nisbiy Ocharchilik — toʻyib ovqat yemaslik, ovqatlanish ratsionida hayotiy zarur oziq-ovqat turlarining yetishmasligi) koʻrinishlarda namoyon boʻladi. Har ikki shaklda ham Ocharchilik ogʻir oqibatlarga — turli yuqumli va ruhiy kasalliklarga, akliy va jis-moniy rivojlanish jarayonlarining izdan chiqishiga, nogironlarning koʻpayishiga, koʻplab bevaqt oʻlimga olib keladi.

Ocharchilik ibtidoiy jamoa tuzumi davrida ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyotining pastligi va insonning tabiatga nihoyatda qaramligi oqibatida sodir boʻlgan. Jamiyatda ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga qarab bu qaramlik tobora kamayib bordi. Sobiq Sovet davlatidagi qurgʻoqchilik natijasida 1921—22, 1927, 1931—32 y. larda sodir boʻlgan dahshatli Ocharchilik millionlab odamlarning yosti-gʻini quritdi. 2-jahon urushi (1939 — 45) y. larida butun Yevropa O. komiga tortilgan edi.

BMT maʼlumotlariga qaraganda 1975-y. da dunyoda 500 mln., 1990-y. da salkam 620 mln. axrli Ocharchilikka mubtalo boʻlgan va 1998-y. da 841 mln. ga yaqin aholi toʻyib ovqatlanishdan mahrum boʻldi. Q. x. ekinlari hosildorligi past va qoloq texnikaga ega boʻlgan Afrika va Jan.-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida millionlab aholi Ocharchilikdan qutilgan emas. Jahon hamjamiyati, jumladan, taraqqiy etgan mamlakatlar — AQSH, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Kanada va b. rivojlanayotgan mamlakatlarga q. x. ekinlari hosildorligini oshirishda va tabiiy ofatlarni hamda fuqarolik urushlari oqibatlarini bartaraf etishda yaqindan yordam bermokda.

Jahonda aholi sonining ortib borishi bilan oziq-ovqat muammosi tobora dolzarb muammoga aylanadi. Mamlakatlarda oqilona demografik siyosat, ekin maydonlarini kengaytirish, texnologiyalarni mukammallashtirish hisobiga ekinlar hosildorligini va yalpi hosilini muttasil oshirish Ocharchilik muammosini bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega.

Muhammadjon Ishmatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x