OBMOʻRI

OBMOʻRI (fors, ob — suv va moʻri — quvur) — qalʼa, istehkom, qoʻrgʻon va shaharlarni ichimlik suvi bilan taʼminlovchi yer osti suv inshooti. U ikki xil — quduqli va sopol quvurlar yotqizilgan lahim (tunnel)li boʻladi. Quduqli Obmoʻri — qalʼa tubida gumbazsimon suvxona bino qilinib, tubidan quduq qaziladi. Suvxonaga zinapoyalar orqali tushiladi. Lahimli Obmoʻri suv manbalari (soy yoki daryo tarmogʻi) qalʼa tomon qazilgan lahim boʻylab tosh yoki pishiq gʻishtlardan novsimon suv yoʻli — ariq ishla-nadi va unga sopol quvurlar yotqiziladi (mas, Aksikat sh. ning 10—11-a. larida barpo etilgan moʻrisining quvurlari 40 sm li boʻlgan). Quvurlardan oqib kelgan suvdan foydalanish maqsadida qalʼa ichida bir nechta suvxona va ularga tushish uchun zinali moʻrilar ishlab chiqiladi. Inshootning zinali suvxonasi «Kofir moʻri» anikrogʻi («Kof-xar moʻri») deb yuritiladi (yaʼni qasr suvxonasiga tushiladigan moʻri).

Shubhasiz koriz usulida barpo etilgan yer osti suv inshooti Obmoʻri kabi oʻrta ayerning murakkab gidrotexnikasini yaratgan muhandislar qalʼa yoki shahar aholisini, xususan, uning mudofaachilarini ichimlik suvi bilan taʼminlab, qamal vaqtida ularni suv tan-qisligida qoldirmaslik chora va tadbirlarini nazarda tutganlar va ularning yechimini topa olganlar.

Ad.: Muhammadjanov A. R., Oʻzbekistonning qadimgi gidrotexnika inshootlari, T., 1997.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x