OB-HAVONI OLDINDAN AYTISH

OB-HAVONI OLDINDAN AYTISH — atmosferada sodir boʻlayotgan jara-yonlar rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olgan qolda ob-havoning kelajakdagi holati (ob-havo prognozi) haqida ilmiy asosda maʼlumot berish. O.-h. o. a. muddatlari: oʻta qisqa muddatli (12 soatgacha), qisqa muddatli (1—2 sutka), oʻrta muddatli (3—10 kungacha), uzaytirilgan oʻrta muddatli (1 oygacha), oy, fasl prognozlariga boʻlinadi. Ob-havo prognozi alohida joy, hudud, trassa, viloyat va respublika hududi uchun berilishi mumkin. O.-h. o. a. da umu-miy va maxsus maqsadlar koʻzda tutiladi. Umumiy ob-havo prognozida eng muhim meteorologik elementlar (t-ra, bosim, budut, yogin, shamol), shuningdek, tuman, chang yoki qor boʻronlari, momaqaldiroq, dovul, oʻsimliklarni sovuq urishi, qor koʻchkilari, yaxmalak va b. meteorologik hodisalarning kelajakdagi oʻzgarishlari haqida maʼlumotlar beriladi. Xalq xoʻjaligining turli sohalari: mas, bulutlarning pastki va yuqori chegaralari, Yer sirtida va yuqori balandliklarda shamol tezligi va yoʻnalishi (aviatsiya uchun); yogʻin miqdori, havo t-rasi, oʻsimliklarni sovuq urishi, qurgʻoqchilik va h. k. (q. x. uchun); qor boʻroni, kuchli jala, uzoqni koʻrish masofasi (t. y. transpor-ti uchun) va b. uchun maxsus prognozlar ham tuziladi.

Sutkali O.-h. o. a. oʻtgan asrning60-y. larida boshlandi. 20-a. ning 30-y. larida atmosferaning yuqori qatlamlarini sistematik oʻrganishga imkon beradigan radiozondningyaratilishi (sobiqSSSR da), atmosferada jarayonlarining fizik qonuniyatlarini chuqur oʻrganish O.h. o. a. usullarining takomillashishiga olib keldi. O.-h. o. a. uchun kerakli maʼlumotlar meteorologik st-yalardan sutka davomida bir necha marta telegraf yoki radio orqali olinadi. Ob-havo byurolarida Yer uchun sinoptik xarita va yuqori qatlamlar uchun barik topografiya xaritalari va b. tuziladi. Shular yordamida Yer sharining katta hududida ob-havo holati taxlil qilinib, barik si-stemalar, siklonlar, antitsiklonlar hamda havo massalari, atmosfera frontlarining siljish tezligi va yoʻnali-shi aniklanadi. Bu maʼlumotlar hamda joyning maxalliy xususiyatlari (Yer yuzasi landshafti, orografiyasi va h. k.) punkt, trassa yoki anik, bir r-n uchun O.-h. o. a. ga imkon yaratadi.

Uzok, muddatli O.-h. o. a. muammosi qisqa muddatli prognozga nisbatan ancha murakkab. Katta miqiyosdagi atmosfera jarayonlarining bir necha kundan bir necha oygacha davrdagi sirkulyatsiyasi oʻrganilib, ularning almashinish krnuniyatlari va kelajakda qanday boʻlishi aniklanadi. Oylik prognozda oʻrtacha oylik t-ra va yogʻinlar miqdorining koʻp yillik meʼyordan qancha farq qilishi yoki ishorasi qanday boʻlishi haqida fikr yuritiladi va oy davomida boʻla-digan oʻzgarishlar haqida axborot beriladi. Oʻrta Osiyo mamlakatlari uchun oylik O.x.. o. a. ni Toshkentdagi gidrometeorologiya markazi amalga oshiradi.

Tohir Muxtorov.

OB, ov qilish, shikor — yovvoyi hayvon va parrandani ovlash; odamning hayot kechirish jarayonidagi qad. mehnat faoliyatlaridan biri. Odamlar dastlab guruh boʻlib, keyin yakka holda ov qilishgan. Kadimda tosh, nayza, keyinroq pichoq, toʻr va b. dan ov quroli sifatida foydalanilgan. Kamon kashf etilishi ovchilikda katta ahamiyat kasb etgan. Osiyodagi koʻchmanchilar ot minib, iskovuch it va qush yordamida ov qilgan. Hozir koʻproq miltiq, qopqon va toʻr, it b-n ov qilinadi.

Hayvon va parrandalar qurol bilan ov qilinganda itlardan foydalaniladi. Bunda, asosan, moʻynali va tuyokli hayvonlar, oʻrmon va suv parrandalari ovlanadi. Qurolsiz ovda moʻynali hayvonlar va ilvasin tutiladi. Bunda qopq-ondan va tuzoqsan foydalaniladi, ular hayvonlar ini ogʻziga, yuradigan yoʻliga qoʻyiladi. It yordamida ov qilishda otliq, baʼzan piyoda ovchi ov itlaridan foydalanadi, bunda tez yuguradigan tozi it hayvonni ochiq maydonga «haydab» beradi, ovchi bilan ov iti esa uni quvlab borib tutadi. Ot va tez yuguradigan tozi it yordamida ov qilinganda hayvon itga oldiriladi, bunda it hay-vonni quvib tutguncha ovchi otda yetib boradi va itdan uni ayirib oladi. Ovchi qushlar bilan ov qilishda hayvonlar, asosan, ochiq maydonlarda, bur-gut, lochin, qirgʻiy kabi qoʻlga oʻrgatil – gan qushlar yordami – da tutiladi (q. KirkikMatrap).

Ov shartli ravishda sanoʻat, sporthavaskorlik va ilmiy maqsadlardagi ovlarga boʻlinadi. Sanoat maqsadidagi ovda aholi va sanoat ehtiyoji uchun moʻynali, tuyoqli yov-voyi hayvonlar va suv qushlari tutiladi. Sport ovi dam olishning bir turidir. Ilmiy ov ovlanadigan hayvonlarni, yovvoyi hayvonlar kasalliklarini, ovchilik ishi va oʻlkani oʻrganish maqsadida ilmiy muassasalar topshirigʻi bilan olib boriladi.

Moʻynali hayvonlarning 100 dan ortiq turi, tuyokli yovvoyi hayvonlarning 20 dan ziyod va ovlanadigan par-randa (qush)larning 150 dan koʻp turi mavjud. Ovning asosiy tovar mah-suloti — moʻyna, qoʻshimcha mahsuloti — goʻsht, yogʻ; qimmatbaxr xom ashyosi: teri, pat, par, jun.

Oʻzbekistonda 18 yoshga kirgan, ovchilar uyushmasi aʼzosi va ovchilik bile-ti boʻlgan fuqarolar ov miltigʻidan foydalanish huquqiga ega. Hayvonlarning qimmatbaho turlari maxsus rux-satnoma (litsenziya) bilan ovlanadi. Ov toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya qilish, ov muddatlari va usullarini belgilash ishlarini «Oʻzbekovchibaliqchi» uyushmasi va ovchilik nazorati xizmati ba-jaradi (q. Ovchilik xoʻjaligi).

Bahodir Abdullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x