OʻZINI OʻZI OʻLDIRISH DARAJASIGA YETKAZISH

OʻZINI OʻZI OʻLDIRISH DARAJASIGA YETKAZISH — shaxsga qarshi jinoyat. Bunday jinoyat shaxsga shafqatsiz muomala qilish yoki uning shaʼni va qadrqimmatini muttasil ravishda kamsitish yoʻli bilan sodir etiladi. Shafqatsiz muomala jabrlanuvchi bilan qoʻpol va ayovsiz munosabatda boʻlishni anglatib, kaltaklash, issiqlikdan, oziqovqatdan, suvdan va h. k. dan mahrum etish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda jabrlanuvchiga jismoniy yoxud ruhiy azob yetkaziladi. Shaxsning shaʼni va gʻururini muntazam tahqirlash hollari tuhmat qilish, haqoratlash, taʼqib etish va h. k. da namoyon boʻladi. Bu xildagi xattiharakatlar bilan shaxsni oʻzini oʻzi oʻldirish yoki oʻzini oʻzi oʻldirishiga suiqasd qilish darajasiga yetkazish qonunda nazarda tutilgan jazoni keltirib chiqaradi (Oʻzbekiston Respublikasi JK, 103-modda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x