OʻLAN

OʻLAN, oʻlang — xalq ijodi janri; qoʻshiq turi. Dehqon, ayniqsa, koʻchmanchi, yarim koʻchmanchi chorvador xalqlar (oʻzbek, qozoq, turkman va boshqalar) aholisi orasida keng tarqalgan. Asosan, ayollar tomonidan childirma (doira) joʻrligida yoki joʻrsiz ijro etiladi. Oʻzbeklarda toʻy marosimi va bazmlarda qizlar bir tomon, yigitlar bir tomon boʻlib yoki ikki kishi tomonidan dialog shaklida ham aytiladi. Baʼzan savoljavobli qoʻshiqlar ham Oʻlan deb ataladi. Oʻlanda xalqning orzuumidlari, qaygʻu va shodlik kayfiyatlari oʻz ifodasini topgan, ishqmuhabbat mavzusi esa asosiy oʻrin egallaydi. Hajviy Oʻlanlar ham keng tarqalgan. Har bir toʻy marosimiga xos Oʻlanlar mavjud (beshik toʻy Oʻlani, nikoh toʻyi Oʻ. ni va boshqalar). Oʻlan kuylari tor diapazonga, nutqsosh (rechitativ) va kuychan ohanglarga ega boʻlib, ravon usulda aytiladi. Lirik, jozibali, band yoki bandnaqarot shaklida boʻladi. Oʻlan «Yoryor» qoʻshiqlariga yaqin boʻlib, ayrim Oʻlan larda har bir misra «yoryor» radifi bilan aytiladi (bu namunalar doʻmbira yoki doira joʻrligida ijro etiladi). Qozoq va turkman Oʻlanlari, asosan, kuychan ohangda, baʼzan oʻynoqi xarakterga ega boʻlib, yakka ijrochi yoki ayollar jamoasi tomonidan ijro etiladi.

Rustambek Abdutayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x